17.1. YOʻNALISHLI TRANSPORT VOSITALARI UCHUN ALOHIDA AJRATILGAN TASMASI BOR YOʻL ORQALI HARAKATLANISH

0
142

1151. Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.


1152. Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin.​

Bunda transport vositasi mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan yoʻnalishli transport vositasi harakatiga toʻsqinlik qilmasligi va unga yoʻl bergandan soʻng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Advertisement
Предыдущая статья17. PIYoDALARNING O’TISh JOYLARI VA YO’NALIShLI TRANSPORT VOSITALARINING BEKATLARI
Следующая статья18. TEMIR YO’L KESIShMALARI ORQALI HARAKATLANISh