15. TARTIBGA SOLINGAN СhORRAHALAR

0
3299

99. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak.


100. Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


102. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qatʼiy nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.


103. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda oʻtishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi shart.

Advertisement
Предыдущая статья14. СhORRAHALARDA HARAKATLANISh
Следующая статья16. TARTIBGA SOLINMAGAN СhORRAHALAR