24. MEXANIK TRANSPORT VOSITALARINI ShATAKKA OLISh

0
2954

142. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak. Toʻgʻri chiziq boʻylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruksiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini taʼminlaydigan hollar bundan mustasno.


143. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.


144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.

Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.


145. Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:

rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);

ikki va undan koʻp transport vositalarini;

shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa;

ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi);

ikki gʻildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari va individual harakatlanish vositalarini;

yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Advertisement
Предыдущая статья23. TAShQI YoRITISh ASBOBLARIDAN FOYDALANISh
Следующая статья25. TRANSPORT VOSITALARINI BOShQARIShNI O’RGATISh