5. YO’LOVСhILARNING MAJBURIYaTLARI

0
2971

23. Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻliq toʻxtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda, agar bu harakat xavf tugʻdirmasa yoki boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga xalaqit bermasa, yoʻlning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 9-bandiga muvofiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl, elektromototsikl, moped yoki skuterlarda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida harakatlanishidan oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.


24. Yoʻlovchilarga:

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish (unga xalaqit berish);

harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.

Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.

Advertisement
Предыдущая статья4. PIYoDALARNING MAJBURIYaTLARI
Следующая статья6. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYoZLARI