25. TRANSPORT VOSITALARINI BOShQARIShNI O’RGATISh

0
2476

146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda oʻtkazilishi kerak.


147. Yoʻllarda transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish faqat amaliy boshqaruvni oʻrgatuvchi ishtirokida dastlabki boshqaruv koʻnikmalariga ega boʻlgan oʻrganuvchiga ruxsat etiladi. Oʻrganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.


148. Transport vositasini boshqarishni oʻrgatayotgan vaqtda amaliy boshqaruv oʻrgatuvchisida transport vositasini boshqarishni oʻrgatish huquqini beruvchi hujjat, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shart.


149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi uchun oʻrganuvchi oʻquv muddati yakunida:

A” toifasi uchun — 16 yoshga;

B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga;

BE” va “CE” toifalari uchun — 19 yoshga;

D” va “DE” toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.


150. Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va oʻrgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning qoʻshimcha tepkilari, orqani koʻrsatuvchi koʻzgu hamda ushbu transport vositalarining harakat yoʻnalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.


151. Boshqarishni oʻrgatish yoʻnalishlari ushbu Qoidalarning 183-bandiga muvofiq DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yoʻllarda boshqarishni oʻrgatish taqiqlanadi.

Advertisement
Предыдущая статья24. MEXANIK TRANSPORT VOSITALARINI ShATAKKA OLISh
Следующая статья26. ODAM TAShISh