22. YO’NALIShLI TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYoZLARI

0
2528

131. Tramvay yoʻllari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib oʻtadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).


132. Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi.

Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.


133. Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno).

Advertisement
Предыдущая статья21. TIK BALANDLIK VA NIShABLIKLARDA HARAKATLANISh
Следующая статья23. TAShQI YoRITISh ASBOBLARIDAN FOYDALANISh