20. TURAR JOY DAHALARIDA HARAKATLANISh

0
3165

123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.


124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

mexanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish;

dvigateli ishlab turgan holda toʻxtab turish;

ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻxtab turishi.


125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va oʻsimliklarning shikastlanmasligini taʼminlashi zarur.


126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga yoʻl berishlari kerak.


127. Ushbu bob talablari dahalar va hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.

Advertisement
Предыдущая статья19. AVTOMAGISTRALLARDA HARAKATLANISh
Следующая статья21. TIK BALANDLIK VA NIShABLIKLARDA HARAKATLANISh