5. G’ILDIRAKLAR VA ShINALAR

0
2286

5.1. Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo‘lsa;

M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo‘lsa;

M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo‘lsa;

mototsikl (mototsikllarga tenglashtirilgan transport vositalari) va mopedlar (skuterlar, kvadrotsikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo‘lsa.

Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.


5.2. Shinalarda kordning ko‘rinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan) hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari ko‘chgan bo‘lsa.


5.3. Qo‘shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug‘diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo‘lsa.


5.4. Shina o‘lchamlari yoki yo‘l qo‘yilgan og‘irlik transport vositasining turiga mos kelmasa.


5.5. Transport vositasining bitta o‘qiga har xil o‘lchamli va konstruksiyali (dioganalli va radialli, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan, turumlangan va turumlanmagan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.


5.6. N2 va N3 toifadagi kapotsiz tuzilishli magistral tyagach (shatakchi) larning oldingi o‘qiga va M3 toifani II va III klassdagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga qayta tiklangan shinalar, boshqa o‘qiga esa ikkinchi ta’mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.


5.7. M1, M2, M3 toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga, M3 toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini o‘rta va orqa o‘qlariga ikkinchi ta’mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.


5.8. G‘ildirakni mahkamlovchi bolt (gayka) bo‘lmasa, disk va g‘ildirak obodlari darz ketgan bo‘lsa yoki mahkamlash teshiklarining shakli va o‘lchamlari ko‘rinadigan darajada buzilgan bo‘lsa.

Предыдущая статья4. OYNA TOZALAGIСhLAR VA OYNA YuVGIСhLAR
Следующая статья6. DVIGATEL