3. TAShQI YoRITQIСhLAR

0
556

3.1. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa.

Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda bo‘lgan transport vositalarining tashqi yoritgichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi. Har qanday tashqi yoritgichlar (burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, avariya ishorasi chiroqlaridan tashqari) miltillamasligi kerak.


3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa.


3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa.


3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko‘zda tutilmagan lampalardan foydalanilgan bo‘lsa.


3.5. Rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalarni o‘rnatilishi, ularning mahkamlanishi va yorug‘lik ishoraning ko‘rinishi belgilangan talablarga javob bermasa.


3.6. Transport vositasida quyidagilar:

old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;

orqa qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilishni ko‘rsatadigan miltillovchi chiroq, qizil rangdan boshqa rangli tashqi yoritgichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;

yon qismida — sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli yoritgichlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;

velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zarg‘aldoq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatilmagan bo‘lsa;

yuk avtomobillari va tirkamalarning yon tomoniga zarg‘aldoq rangli va orqa tomoniga qizil rangli kuzovning gabarit parametrlarini belgilab turuvchi nur qaytargichlar o‘rnatilmagan bo‘lsa.

Предыдущая статья2. BOShQARUV QURILMASI
Следующая статья4. OYNA TOZALAGIСhLAR VA OYNA YuVGIСhLAR