1. TORMOZ TIZIMLARI

0
1185

1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi o‘zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo‘llanilsa.


1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan talablarga mos kelmasa.


1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.


1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lishi. G‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqishi.


1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.


1.6. To‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:

to‘liq jihozlangan holatdagi transport vositalarini — 16 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;

to‘liq jihozlangan holatdagi yengil avtomobillarni va avtobuslarni — 25 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;

to‘liq jihozlangan holatdagi yuk avtomobillarini va avtopoyezdlarni — 31 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;

Izoh: To‘xtab turish tormoz tizimi sinovdan o‘tkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan bo‘lishi kerak.

Предыдущая статьяTRANSPORT VOSITALARINING TANIQLIK BELGILARI
Следующая статья2. BOShQARUV QURILMASI