Tik chiziqlar
yo‘l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l, oq-qora (sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
2.1 | harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug‘diradigan yo‘l inshootlarining tik elementlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi; |
2.2 | tunnellar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi; |
2.3 | ajratish mintaqalaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi; |
2.4 | yo‘naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to‘siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi; |
2.5 | yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi; |
2.6 | boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi; |
2.7 | xavfli joylardagi to‘siqni (bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi. |