Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.
2.1 | «Asosiy yo‘l». Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi. |
2.2 | «Asosiy yo‘lning oxiri». |
2.3.1 | «Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv». Yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi. |
2.3.2 | «Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv o‘ngdan». Yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi. |
2.3.3 | «Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv chapdan». Yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi. |
2.4 | «Yo‘l bering». Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak. |
2.5 | «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak. |
2.6 | «Ro‘para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak. |
2.7 | «Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz». Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi. |