128. Agar yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.
129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻl qismida tormoz tizimi ishlamay qolgan transport vositasini toʻxtatish uchun haydovchi uni 5.40 yoʻl belgisi bilan belgilangan avariyali holatlarga moʻljallangan yoʻlga yoʻnaltirish kerak.
130. Yoʻlning 1.13 yoʻl belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish mexanizmi (ssepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.
Advertisement