121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;
yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash;
ajratuvchi boʻlakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.
122. Haydovchi qatnov qismida majburiy toʻxtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻngroqda) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.