17. PIYoDALARNING O’TISh JOYLARI VA YO’NALIShLI TRANSPORT VOSITALARINING BEKATLARI

0
3339

109. Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻxtashi shart.


110. Agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtasa, qoʻshni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.


111. Tartibga solingan piyodalar oʻtish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yoʻnalishda kesib oʻtishni tugallashiga imkon berishlari kerak.


112. Piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻxtashga majbur boʻladigan boʻlsa, piyodalar oʻtish joyiga kirish taqiqlanadi.


113. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborishi kerak.


114. Agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.


115. “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi oʻrnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport vositasi toʻxtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur boʻlsa, toʻxtashi va bolalarni oʻtkazib yuborishi shart.

Advertisement
Предыдущая статья16. TARTIBGA SOLINMAGAN СhORRAHALAR
Следующая статья17.1. YOʻNALISHLI TRANSPORT VOSITALARI UCHUN ALOHIDA AJRATILGAN TASMASI BOR YOʻL ORQALI HARAKATLANISH