16. TARTIBGA SOLINMAGAN СhORRAHALAR

0
2557

104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.

Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.


105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.


106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.

Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.


107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.


108. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda u oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak.

Advertisement
Предыдущая статья15. TARTIBGA SOLINGAN СhORRAHALAR
Следующая статья17. PIYoDALARNING O’TISh JOYLARI VA YO’NALIShLI TRANSPORT VOSITALARINING BEKATLARI