12. QUVIB O’TISh

0
4315

82. Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib:

oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga xavf tugʻdirmasligiga va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligiga;

shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga;

oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;

quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.


83. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan oʻzib ketishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini oʻzib ketish oʻng tomondan amalga oshiriladi.


84. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.


85. Quvib oʻtishni tugallagandan soʻng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish yoʻnalishiga qaytishi shart.


86. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

tartibga solingan chorrahalarda;

tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda;

koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida;

piyodalar oʻtish joylarida;

temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;

quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini;

tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida;

3.20 va 3.22 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida.


87. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻxtashi kerak.

Advertisement
Предыдущая статья11. HARAKATLANISh TEZLIGI
Следующая статья13. TO’XTASh VA TO’XTAB TURISh