6. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYoZLARI

0
3270

25. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Ushbu imtiyozdan tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalarining haydovchilari ham foydalanadilar.

Kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi shart.


26. Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart.

Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.


27. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib toʻxtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻxtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.


28. Zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan boʻlishi kerak:

yoʻlda qurilish, taʼmirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda;

yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, shuningdek, ogʻir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda;

portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi oʻta yuqori boʻlgan moddalarni tashishda;

umumiy foydalanishdagi transport vositasi yoʻllarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda.

Yoqilgan zargʻaldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.


29. Zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yoʻl qurilishi, taʼmirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda texnik shikastlangan, nosoz boʻlgan, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda, tashishda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yoʻl belgilari (2.2, 2.4 — 2.6, 3.11 — 3.14, 3.17.2, 3.20 yoʻl belgilaridan tashqari), yoʻl chiziqlari hamda 67 — 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, ogʻir vazn va katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositalarining hamda ularni kuzatib kelayotgan zargʻaldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat xavfsizligini taʼminlash sharti bilan yoʻl chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Advertisement
Предыдущая статья5. YO’LOVСhILARNING MAJBURIYaTLARI
Следующая статья7. SVETOFOR VA TARTIBGA SOLUVСhINING IShORALARI