25. TRANSPORT VOSITALARINI BOShQARIShNI O’RGATISh

0
845

146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak.


147. Yo‘llarda transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish faqat amaliy boshqaruvni o‘rgatuvchi ishtirokida dastlabki boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘rganuvchiga ruxsat etiladi. O‘rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.


148. Transport vositasini boshqarishni o‘rgatayotgan vaqtda amaliy boshqaruv o‘rgatuvchisida transport vositasini boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjat, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart.


149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida:

“A” toifasi uchun — 16 yoshga;

“B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga;

“BE” va “CE” toifalari uchun — 19 yoshga;

“D” va “DE” toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.


150. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va o‘rgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning qo‘shimcha tepkilari, orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu hamda ushbu transport vositalarining harakat yo‘nalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.

(150-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)


151. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari ushbu Qoidalarning 183-bandiga muvofiq DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish taqiqlanadi.

Предыдущая статья24. MEXANIK TRANSPORT VOSITALARINI ShATAKKA OLISh
Следующая статья26. ODAM TAShISh