20. TURAR JOY DAHALARIDA HARAKATLANISh

0
1076

123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.


124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish;

dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish;

ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.


125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va o‘simliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi zarur.


126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari kerak.


127. Ushbu bob talablari dahalar va hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.

Предыдущая статья19. AVTOMAGISTRALLARDA HARAKATLANISh
Следующая статья21. TIK BALANDLIK VA NIShABLIKLARDA HARAKATLANISh