2. IMTIYoZ BELGILARI

0
2486

Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

2.1
«Asosiy yo‘l».
Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi.
Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi.
2.2
«Asosiy yo‘lning oxiri».
2.3.1
«Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv».
Yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.3.2
«Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv o‘ngdan».
Yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.3.3
«Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv chapdan».
Yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.4
«Yo‘l bering».
Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.5
«To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan».
To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.
2.6
«Ro‘para harakatlanishning ustunligi».
Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.7
«Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz».
Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Предыдущая статья1. OGOHLANTIRUVСhI BELGILAR
Следующая статья3. TAQIQLOVСhI BELGILAR