19. AVTOMAGISTRALLARDA HARAKATLANISh

0
882

121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi;

yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi;

5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash;

ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish;

orqaga harakatlanish;

transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish.


122. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ngroqda) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.

Предыдущая статья18. TEMIR YO’L KESIShMALARI ORQALI HARAKATLANISh
Следующая статья20. TURAR JOY DAHALARIDA HARAKATLANISh