14. СhORRAHALARDA HARAKATLANISh

0
1761

96. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak.


97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirishi, agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.


98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.

Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Предыдущая статья13. TO’XTASh VA TO’XTAB TURISh
Следующая статья15. TARTIBGA SOLINGAN СhORRAHALAR