2. TIK СhIZIQLAR

0
1855

Tik chiziqlar
yo‘l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l, oq-qora (sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.

2.1

harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug‘diradigan yo‘l inshootlarining tik elementlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi;

2.2

tunnellar, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;
2.3ajratish mintaqalaridagi yoki xavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;
2.4yo‘naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to‘siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;
2.5yo‘lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo‘l to‘siqlarining yon yuzalarini bildiradi;
2.6boshqa joylardagi to‘siqlarning yon yuzalarini bildiradi;
2.7xavfli joylardagi to‘siqni (bordyurni) va yo‘l sathidan baland bo‘lgan xavfsizlik orolchalarini bildiradi.


Предыдущая статья1. YoTIQ СhIZIQLAR
Следующая статья1. YHQ BUZGANLIK UСhUN JARIMALAR 2024y.